Bu yil chiqadigan to‘rtta iPhone 12 bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  1465
  •  07.04.2020 10:00

Bu yil chiqadigan to‘rtta iPhone 12 bilan tanishamiz!

Apple shu oyning o‘zidayoq 2016 yilgi iPhone SE hamyonbop modeli davomchisi – iPhone SE 2020 smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Uning iPhone SE 2 nomi ostida chiqishi aytilayotgandi, ammo kompaniya o‘zining Xitoydagi rasmiy saytida iPhone 9 nomi bilan, narxini ham ko‘rsatgan edi. Ammo...

O‘QING: iPhone SE 2020 (iPhone 9 yoki iPhone SE 2) allaqachon do‘konga chiqdi!

Lekin kupertinoliklarning flagman smartfonlari – kuzda namoyish etilishi kutilayotgan iPhone 12 turkumidir. Taniqli insayder Jon Prosser (Jon Prosser) ma’lum qilishicha, Apple bu yil ularni biryo‘la to‘rtta modelda chiqaradi. Ularning barchasi prototip tarzida deyarli tayyor, shu sababli yaqin bir-ikki oyda yangi ayfonlarning renderlari chiqib qoladi.

Har to‘rtala iPhone 12 ekran o‘lchamiga hamda bosh kamera datchiklariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ammo ularning displeyidagi kemtik yo‘qolmaydi, faqat sal ixchamroq bo‘ladi. Barchasining «elektron yuragi» sifatida beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlashni qo‘llab-quvvatlovchi Apple A14 protsessori tanlangan.

O‘QING: iPhone 12’ning lazerli 3D-kamerasi qanday bo‘ladi?

Shunday qilib, o‘n ikkinchi avlod ayfonlar turkumiga quyidagilar kiradi:

  1. iPhone 12 (kodli nomi D52G): 5,4 dyuymlik displey, alyuminiy korpus va qo‘shaloq kamera;
  2. iPhone 12 (kodli nomi D53G): 6,1 dyuymlik displey, alyuminiy korpus va qo‘shaloq kamera;
  3. iPhone 12 Pro (kodli nomi D53P): 6,1 dyuymlik displey, zanglamas po‘latdan ishlangan korpus, uchtalik kamera + Lidar skaneri (iPad Pro 2020’da qo‘llangan);
  4. iPhone 12 Pro (kodli nomi D54P): 6,7 dyuymlik displey, zanglamas po‘latdan ishlangan korpus, uchtalik kamera + Lidar skaneri.

Apple ularning taqdimotini kuzda o‘tkazishi kerak, lekin bu tadbir aynan qachon bo‘lib o‘tishi noma’lum. Koronavirus pandemiyasi sababli bu namoyish ancha kechikishi mumkin, hatto...

O‘QING: iPhone 12’larni bu yil kutmay qo‘yavering!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!