Bu yil qancha 5G-smartfon ishlab chiqariladi?

Bu yil qancha 5G-smartfon ishlab chiqariladi?

Strategy Analytics'ning so‘nggi bashoratlariga ko‘ra, bu yil 5G smartfonlar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 10 barobar oshib, 199 millionga yetadi.

Bu raqamlar butun smartfon savdosining 15% ini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2019-yilda bozorning atigi 1% i beshinchi avlod aloqasini qo‘llab-quvvatlovchi mobillardan tarkib topgan edi.Bashoratga ko‘ra, 5G-mobillar global savdosining 90% ulushi Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniya davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

5G-smartfonlar ishlab chiqarilishi ko‘paysa-da, ularning yetkazib berilish hajmi koronavirus ta’siri ostida qolishi mumkin.

2020-yilning birinchi qismida yetkazib berish sekinroq bo‘lishi kutilmoqda; yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa vaziyat ijobiy tomonga keskin o‘zgaradi.

O‘QING: Samsung 2019 yilda nechta 5G smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.