Bu yil yangi Galaxy Note chiqadimi?

Bu yil yangi Galaxy Note chiqadimi?

Galaxy Note seriyasi Samsung uchun juda ahamiyatli. Original Galaxy Note taqdimotidan so‘ng har yili kamida bitta mazkur lineykadagi flagman taqdim qilinadi. Biroq Galaxy Note fanatlari hafsalasini pir qilgan holda bu yil yangi Galaxy Note flagmani chiqmaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Fold 3 va uning asosiy texnik jihatlari TENAA saytida paydo bo‘ldi

O‘tgan yili Samsung birato‘la Galaxy Note lineykasini to‘xtatmoqchi ekani va Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra mazkur lineykaning eng so‘nggi qurilmalari bo‘lishi haqida mish-mishlar yurgan edi.

Galaxy Note 20 Ultra & Note 20

Lekin Samsung'ning IT va Mobil Kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari Ko Dong-Jin bu yili o‘tkazilgan 52-yillik Samsung aksionerlari yig‘ilishida kompaniya kelasi yili Galaxy Note smartfonini taqdim qilishini ma’lum qilgan edi.

Aftidan, Samsung bu yil Galaxy Note 21 (agar chiqqanida, shunday nomalanar edi) modelini chiqarmaganiga sabab global chip tanqisligi hamda Galaxy S21 Ultra'ning S Pen'ni qo‘llab-quvvatlashi bo‘lgan. Kelasi yili chip tanqisligi muammosi minimallashishi bilan kompaniya Galaxy Note smartfonini chiqarishni maqsad qilgan.

Agar bu yil yangi Galaxy Note olishni reja qilgan bo‘lsangiz, bu rejangizni o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rniga Galaxy Note 20, Galaxy Note 20 Ultra yoki Galaxy S21 Ultra sotib olsangiz bo‘ladi. S21 Ultra'ning rasmiy g‘ilofini sotib olsangiz, qurilmada S Pen'dan foydalanish mumkin. Yoki yana bir oy kutib Galaxy Z Fold 3 xarid qilsangiz ham bo‘ladi. Bu qurilma ham S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar Samsung kelasi yili yangi Galaxy Note seriyasini namoyish qilsa, qurilmalar katta Super AMOLED ekran, ekranosti selfi kamerasi, AMD mRDNA2 grafikali Exynos 2200 chipi hamda tezkor simli, simsiz quvvatlanuvchi katta sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

O‘QING: Samsung 11 avgust sanasida taqdim etishni rejalashtirayotgan gadjetlar ma’lum bo‘ldi