Bu yilgi iPhone'larning narxi ma’lum qilindi

Bu yilgi iPhone'larning narxi ma’lum qilindi

Smartfon bozoridagi marketolog va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, Apple shu kunlarda smartfonlarining o‘rtacha narxini ko‘tarish rejasida. Shu bilan birga, ayfonning eng arzon modeli yanada qulay narxda sotuvga chiqariladi. Yuqori talqin bahosi esa ko‘tariladi.

UBS marketing tadqiqotlari kompaniyasining mutaxassisi Stiven Milanovichning AppleInsider
nashrida e’lon qilgan maqolasiga ko‘ra, korporatsiya joriy yilda narx-navo siyosatini ikki xil ssenariy asosida tashkil qilishi mumkin.

Bulardan biri quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda: 6.5 dyuymli, OLED displeyli iPhone 1099 AQSh dollardan, ayfonning 5.8 dyuymli va OLED-displeyli talqini esa 999 AQSh dollaridan hamda 6.1 dyuymli va LCD-displeyli model 750 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Mavzuga daxldor: iPhone SE (2017): yilning eng munosib o‘rtahol smartfoni

Taxmin qilinayotgan ikkinchi ssenariy esa bir oz ijobiy kayfiyat bag‘ishlaydi: yangi ayfonlar bu yil 1050, 900 hamda 700 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Tahlilchining fikricha, ayfon ishqibozlarining 70% qismi yangi iPhone qurilmalari uchun 700 dollar va bundan oshiq miqdorda mablag‘ga to‘lashga tayyorlar. Oldingi yillarda bu ko‘rsatkich 40 foizdan past bo‘lgan. Shunday ekan Apple korporatsiyasining narx-navo borasidagi yangicha siyosati hech kimni dovdiratib qo‘ymaydi.

Shu bilan birga, amerikalik ishlab chiqaruvchi avvalgi modellar uchun ham narxlarni o‘zgartiradi. Misol uchun, Apple bu yil iPhone 8, iPhone 7 hamda iPhone SE modellarining narxlarini ancha arzonlashtiradi. Buning bosh sababi xityolik smartfonlar bilan raqobatda ustun kelishdir.

O‘qing: Xioami  Redmi Note 4X: «X»ning siri nimada?

Bir muddat avval esa mazkur yilning sentyabrida birato‘la uchta iPhone taqdim qilinish haqidagi xabar nufuzli RBC Capital marketing kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!