Bu zararli ilovani hoziroq smartfoningizdan o‘chirib tashlang!

Bu zararli ilovani hoziroq smartfoningizdan o‘chirib tashlang!

Xavfsizlik tadqiqotchilarining ma’lum qilishlaricha, Google Play Store ilovalar do‘konida 100,000 dan ortiq yuklab olingan Craftsart Cartoon Photo Tools nomli rasm tahrirlovchi dastur o‘z ichida "FaceStealer" nomli troyan virusini saqlaydi. Ilova foydalanuvchilarni Facebook akkauntlariga majbur qilgan. O‘z Facebook sahifasiga ilova ichida kirganlarning login va parollari Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan serverlardan biriga yuborilgan. Bunda kiberjinoyatchilar o‘sha foydalanuvchilarning akkauntlariga istalgan payt kirishlari va karta ma’lumotlarini o‘g‘irlashlari yoki bo‘lmasa, akkaunt orqali soxta yangiliklar, fishing havolalar tarqatishlari mumkin.

Ayrim ilova foydalanuvchilar Play Store'da uni yolg‘on dastur ekanligini aytib izohlar ham qoldirishgan. Hozirda Google ushbu dasturni o‘z ilovalar do‘konidan olib tashlagan, lekin bu biroz kech qilingan harakat bo‘lishi mumkin. Agar siz ham ilovani yuklab olgan bo‘lsangiz, uni darhol smartfoningizdan o‘chirib tashlang. Agar ilovada Facebook akkauntgizga kirgan bo‘lsangiz, hoziroq akkauntingiz parolini o‘zgartiring va ikki bosqichli parol o‘rnating.

Bugungi kunda rasm tahrirlovchi ilovalar juda mashhur, lekin ularning hammasi ham sizning xavfsizligingizni ta’minlamasligi mumkin. Shunday ekan barchaga taniqli brendlar yoki dasturchilar tomonidan yaratilgan ilovalardan foydalanish tavsiya qilinadi.

O‘QING: Instagram'da 3D avatar yaratish va undan foydalanish

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.