Bugun butun dunyoda internet o‘chishi kutilmoqda

  •   Saroy
  •  2227
  •  11.10.2018 16:55

Bugun butun dunyoda internet o‘chishi kutilmoqda

Domen nomlari ustidan  nazorat olib boruvchi   ICANN tashkiloti bugun anchadan buyon rejalashtirib yurgan kriptografik kalitni almashtirishni amalga oshiradi.  Natijada bugun, ya’ni 11 oktyabr kuni butun dunyoda internetning keng ko‘lamdagi uzilishi ro‘y berishi kerak.

Darvoqe, bu yerda ekspertlarning fikrlari bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti: birlari muammo juda jiddiy bo‘lishi kerak deb hisoblasa, boshqalari foydalanuvchilar ozgina qiyinchilikga duch keladi demoqdalar. Tarmoqqa chiqishda ham muammo kelib chiqishi mumkin. Nima bo‘lgan ham, agar ishlamayotgan saytga duch kelsangiz yoki yuklash jarayoni juda uzoq kechsa, bilingki, bu vaqtinchalik.

O‘QING:Internet-kanallar narxlari bir oyda ikkinchi marta pasaytirilmoqda – endi internet arzonlashadimi?

Umuman olganda, qo‘rqishga sabab yo‘q: garchi kalit almashtirish tadbiri bir bor boshqa muddatga qoldirilgan bo‘lsa-da (dastavval bu sana 11 sentyabr qilib belgilangan edi), asosiy foydalanuvchilar  uchun u global tarmoqlarda  sezilmaydi. Tarmoqlar uchun yangi kalit joriy qilish tadbiri esa, xavfsizlikni yana ham yuqori darajada ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

O‘QING:“O‘zbektelekom”ning internet-xizmatlari tariflari arzonlashdi