Bugun MIUI'ning tug‘ilgan kuni! U necha yoshga to‘ldi?!

Bugun MIUI'ning tug‘ilgan kuni! U necha yoshga to‘ldi?!

Bugun Xiaomi smartfonlari uchun yaratilgan MIUI grafik qobig‘ining tug‘ilgan kuni. 2010 yilning 16 avgust sanasida taqdim qilingan tizim o‘zining 9 yoshini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan kompaniya bugun tadbir o‘tkazib, unda yangi MIUI 11 haqida ma’lumotlar berib o‘tishi kutilmoqda. Ammo, to‘liq taqdimot biroz keyin – sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

MIUI 11 представят 5 сентября

Qiziqqon foydalanuvchilar MIUI’ning Weibo tarmog‘idagi sahifasini sinchkovlik bilan kuzatib chiqib, MIUI 11’ning taqdimot sanasini anqladi. Unga ko‘ra tadbir 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni damda boshqa tafsilotlar ma’lum emas, ammo katta ehtimol bilan bugungi tadbirda bunga rasman oydinlik kiritiladi.

O‘QING: Redmi Note 8 qanday yaratilishini bilasizmi?