Bugun taqdim etilayotgan Redmi smartfoni bilan yong‘oq chaqib, uni tepkilab va ustiga o‘tirib ko‘rsatishdi! («jonli» videolar)

  •   DiMaX
  •  5614
  •  10.01.2019 11:57

Bugun taqdim etilayotgan Redmi smartfoni bilan yong‘oq chaqib, uni tepkilab va ustiga o‘tirib ko‘rsatishdi! («jonli» videolar)

Xiaomi kompaniyasi alohida brend qilib ajratilgan Redmi smartfonlaridan birinchisini bugun taqdim etayotgani haqida yozganmiz. Kompaniya mustahkamligini ta’kidlash uchun uni yigitlarga hamda baland poshnali tufli kiygan qizga tepkilatib ko‘rsatgan.

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etilmagan Redmi X’ning «jonli» suratlarini tarqatdi!

Xullasi kalom, «xitoycha Apple» Redmi Note 7 yoki Redmi X deb nomlanuvchi bu telefonning korpusi chidamli ekanini maqtab charchamayapti. Kompaniya ushbu turkumdagi navbatdagi ikkita rolikni e’lon qildi.

Ulardan birinchisida smartfonni kresloga tashlab, do‘mboq yigit uning ustiga bir necha bor sakrab o‘tirib ko‘rsatadi:

Ko‘rib turganingizdek, bu gal ham Redmi X ayovsiz sinovlarga duchor etilgan.

O‘QING: Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

To‘rtinchi videorolikda esa Redmi Note 7 mustahkamligini bundan ham battar usullarda ko‘rsatishgan. Smartfon ekrani bilan yong‘oq chaqishadi, uni o‘qlov bilan urib ko‘rsatishadi...

Guvohi bo‘layotganingizdek, smartfon bu gal ham shikastlanmagan. Aftidan, yuqori darajada mustahkamlik Redmi brendining ushbu modelida asosiy xususiyatlardan biri bo‘ladi.

Uning qolgan jihatlari ham bugun – taqdimotda ma’lum qilinadi, ulardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: 809 000 so‘mdan boshlanuvchi Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 11 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!