Bugun taqdim etilayotgan Vivo APEX 2019 – hech bir tirqish va tugmachasiz ikkinchi smartfon rasmiy suratda!

  •   DiMaX
  •  1312
  •  24.01.2019 13:10

Bugun taqdim etilayotgan Vivo APEX 2019 – hech bir tirqish va tugmachasiz ikkinchi smartfon rasmiy suratda!

Vivo umuman birorta ham porti va tugmachasi bo‘lmagan smartfon tayyorlaganini aytib, uning taqdimotiga tayyorlanayotgan edi. Ammo kutilmaganda Meizu ham otni qamchilab qoldi – hamyurtidan avval xuddi shunday qurilmasini rasman namoyish etdi!

O‘QING: Meizu Zero rasman namoyish qilindi – hech qanaqa tugmacha, dinamik, SIM-karta uyachasi va porti bo‘lmagan ilk smartfon!

Vivo ham innovatsion smartfonini bugun taqdim etishi kutilmoqda va hozircha uning rasmiy tizeri e’lon qilindi. Unda mazkur modelning APEX 2019 deb nomlanishi o‘z tasdig‘ini topgan.

Garchi rasm sifati yuqori bo‘lmasa-da, smartfonning birorta ham mexanik tugmachasi, porti va barmoq izi skaneri yo‘qligi ko‘rinib turibdi. Meizu Zero’da bo‘lgani singari, APEX 2019 modelida ham daktiloskop, dinamik va mikrofon displeyning o‘ziga integratsiya qilingan, shekilli.

Vivo APEX 2019 namoyishi bugun bo‘lib o‘tadi va shunda barcha xususiyatlari oshkor bo‘ladi. Ular bilan birinchilar qatorida tanishish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: «Jonli» video: Mutlaqo tugmachasiz va tirqishsiz Vivo smartfonini ushlab ko‘rganlar uni «silliqlangan shag‘al» va «metall sovun»ga o‘xshatishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!