Bugungi tadbirda Google nimalarni taqdim etadi?

Bugungi tadbirda Google nimalarni taqdim etadi?

Google kompaniyasi Pixel seriyasi smartfonlarini bir necha yildan beri taqdim etib kelmoqda. O‘tgan yili kompaniya Snapdragon 765G chipiga ega bo‘lgan o‘rta toifadafi Pixel 5 smartfonini taqdim etgan edi. Bu yil esa kompaniya Pixel seriyasiga flagman darajasini qaytardi. Shunga yarasha, yangi qurilmalarning narxi ham flagman smartfonlari kabi qimmat bo‘ladi. 

O‘QING: Google Pixel 6 GeekBench'da test topshirdi 

Xo‘sh, 19 oktyabrdagi tadbirda nimalar taqdim etiladi? 

Tensor chipi 

Google kompaniyasi o‘zining yangi Tensor chipini ishlab chiqdi. Pixel 6 hamda 6 Pro smartfonlari aynan uchbu chipda ishlaydi. Chipning unumdorligi Apple A14 Bionic hamda Snapdragon 888 chiplari bilan bir xil bo‘ladi. 

Google ushbu Tensor chipini Samsung kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqdi. GeekBench'dagi natijalar esa unchalik hayratlanarli emas.

Chip 1,8 gigagertsli 4 ta yadro, 2,25 gigagertsli 2 ta yadro va 2,8 gigagertsli 2 yadroda ishlaydi. Ushbu 8 ta yadroning to‘rtasi -  Cortex-A55, ikkitasi - Cortex-A76, oxirgi ikkitasi esa Cortex-X1'dan iborat. Cortex-X1 - kuchli yadro hisoblanadi. U ko‘p energiyani talab qiladi, shuning uchun, akkumulyator quvvatini ushbu yadro ko‘p sarflashi mumkin. 

Tensor chipi 2021 yilning flagman chiplaridan biri bo‘ladi. U ikki yangi smartfonning unumdorligini 80% ga yaxshilaydi. Shuningdek, unda Titan M2 xavfsizlik chipi bo‘lib, turli xil hujumlardan smartfonni himoya qiladi. 

Google Pixel 6 hamda 6 Pro 

Google Pixel 6 va Pixel 6 Pro'ning taqdim etilishi tadbirning markaziy qismi bo‘ladi. Ularning displey, akkumulyator sig‘imi hamda kameralari turlicha bo‘ladi. 

Pixel 6 smartfoni 6,4 dyuymli 1080x2340 rezolyutsiyadagi displeyga ega bo‘lib, u 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Pixel 6 Pro esa 1440x3120 rezolyutsiyadagi LTPO AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu displey 120Hz adaptiv ekran yangilanish chastotasiga ega.

Pixel 6 qurilmasida 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘ladi, Pro model esa 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorg ega bo‘ladi. 

Kamera haqida gapiradigan bo‘lsak, ikki smartfon 50 megapikselli Samsung'ning GN1 sensoriga ega. Ular, shuningdek, 12MP ultrakeng kamera bilan ham jihozlanadi. Pro model esa 48MP telefoto kameraga ega bo‘lib, ushbu kamera 4x optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Afsuski, Pixel 6 qurilmasida hech qanday telefoto kamera bo‘lmaydi. 

Yangi Pixel smarfonlaridagi 50 megapikselli asosiy kamera Pixel 5'dagi asosiy sensorga qaraganda 150% ko‘proq yorug‘likni qabul qiladi. 

Pixel 6 juftligidagi selfi kamera 94 graduslik ko‘rish maydoniga ega bo‘lib, kadrga ko‘proq odamni sig‘dira oladi.

Portret rejimidada turli xil xiralashtirish effektlaridan foydalanish va olingan rasmlardagi yuzlarga maxsus ilova orqali sun’iy yorug‘lik qo‘shish mumkin bo‘ladi. Magic Eraser orqali orqafondagi ob’yekt va odamlarni olib tashlash mumkin. 

Ikkala smartfon 30 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega. Simsiz zaryadlashda esa Pixel 6 qurilmasi 21 vatt, Pro modeli esa 23 vattda quvvat oladi. Shuningdek, ular Gorilla Glass Victus shishasi hamda IP68 standartiga ega. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pixel 6 - 599 dollar, Pixel 6 Pro esa 898 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

Google Pixel Stand 

Yangi Google Pixel Stand 39% qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan. U ikkita Qi zaryadlovchi ruloniga ega - biri smartfon uchun, ikkinchisi taqiladigan qurilmalar uchun. Pixel Stand moslamasi Pixel 6'ga 21 vatt, Pixel 6 Pro'ga esa 23 vattda quvvat beradi. Unda ichki sovutish parragi bor. Mish-mishlarga ko‘ra, qurilmaning narx 79 dollarni tashkil qiladi.

Google Pixel Fold/Pixel Watch 

Google buklanadigan smartfon ustida ish olib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, ushbu yangi buklamafonning nomi Pixel Fold bo‘lib, 2021 yilning 4-choragida taqdim etilishi aytilgan edi. 

Bu hozircha taxmin xolos, lekin ushbu Pixel Fold buklamafoni haqiqatdan ham mavjud. Shuningdek, Google kompaniyasi Pixel Watch nomli smart soat ustida ham ish olib bormoqda, biroq ushbu tadbirda smart soatning daqdim etilishi noma’lum. 

O‘QING: Google Pixel 6 smartfonining taqdim etilish sanasi hamda narxi aniq bo‘lidi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!