Bugunning eng foydali smartfoni nomi e’lon qilindi

Bugunning eng foydali smartfoni nomi e’lon qilindi

Dunyoning eng mashxur benchmarklaridan biri AnTuTu 2015 yilning uchinchi kvartali natijalariga ko‘ra, eng foydali smartfonlar reytingini e’lon qildi. Yarim yillik karvonboshilikdan so‘ng Samsung reyting yetakchiligini yangi “o‘yinchi”ga topshirishga “majbur bo‘ldi”. Yangi “qahramon” Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Meizu kompaniyasidir.

Mazkur kompaniyaga yetakchilikni Meizu Pro 5 (saytimiz orqali tavsifi berilgan) flagmani “olib berdi”. Ya’ni mazkur smartfon 76 852 ball yiqqan.

Keyingi o‘rinlarni Samsung brendining Galaxy Note 5 (72 156 ball) va S6 edge+(70 548 ball) band etgan.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni ham mazkur kompaniyaning Exynos 7420 protsessorli Galaxy S6 va S6 edge smartfonlari egallagan.

Xitoyning Le 1 Pro «superfon»i oltinchi pog‘onada, undan keyin esa Le1 Max smartfoni.

Sakkizinchi pog‘onada Sony Xperia Z5 (saytimiz orqali tavsif berilgan) smartfoni.

To‘qqizinchi o‘rinda Xiaomi Mi Note Pro, o‘ninchi pog‘onda esa OnePlus 2 smartfoni bormoqda.

Qizig‘i shundaki, reytingdagi dastlabki 5 yetakchi koreyaliklarning Samsung protsessorlarida ishlaydi, oltinchidan to o‘ninchi o‘ringacha bo‘lgan smartfonlarga amerikaliklarning Snapdragon 810 protsessori o‘rnatilgan. O‘tgan yili o‘nlikka kirgan smartfonlarning ba’zilari hatto reytingda ham qayd etilmagan.

Shu o‘rinda yana bir gap: reytingda yaxshi ball yiqqan aksar smartfonlar maxsus testlar natijalariga ko‘ra baholangan. Vaqt o‘tishi va foydalanuvchilar xulosasi ham reytingda ma’lum o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!