Bukilgan monitorlar 2015 yilda bir milliondan ortiq sotildi

Bukilgan monitorlar 2015 yilda bir milliondan ortiq sotildi

Suyuq kristalli ekranlarni ishlab chiqaruvchi LG Electronics va Samsung Electronics 2013 yilda birinchi bukilgan ekranli televizorni, 2014 yilda esa shaxsiy kompyuter uchun bukilgan displeyni taqdim etishgan edi. Bu ekranda foydalanuvchi o‘zini tasvirga botayotgandek sezadi. Narxi balandligi va tushunarsiz o‘ziga xosligi ularning ommalashuviga to‘siq bo‘ldi. Shunga qaramasdan, narxlar tushishi va assortiment kengayishi manzarasida bukilgan monitorlarga ham bir zaylda xaridorlar topilmoqda.

WitsView kompaniyasining suyuq kristalli panellar savdosini tahlil qiluvchi bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra joriy yilda bir millionga yaqin bukilgan ekranlar sotildi. Kelasi yilga bu son 30-50 foizga ortishi bashorat qilinmoqda. An’anaviy ekranlar bilan narxida 20 foiz farq bor.

Bukilgan monitorlar 90 foizining tomonlari nisbati 21:9, diagonali esa 27 dyuym va undan ko‘proq. Buning sababi, asosan, kompyuter o‘yinlari ishqibozlari bukilgan monitorga qiziqishidir – ular o‘yin jarayonida ekranga “singib ketishni” xohlashadi. Bunday ekranlar sig‘imi 2560 × 1080 dan 3440 × 1440 gacha bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!