Buklama ekran nimasi!? LG cho‘ziluvchi displeyli smartfon tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1014
  •  07.03.2019 08:48

Buklama ekran nimasi!? LG cho‘ziluvchi displeyli smartfon tayyorlayapti!

Ko‘plab smartfonsozlar qayishqoq displeyga ega buklama smartfonlar ustida ishlayotganida, LG yanada uzoqroqni ko‘zlamoqda. Uning yangi patentida cho‘ziluvchan korpusga ega smartfon tasvirlangan!

O‘QING: Hali 5G tarmog‘i joriy etilmay turib, LG allaqachon 6G-internet ustida ishlamoqda!

Cho‘ziluvchan smartfonning korpusi bir necha qismlardan iborat bo‘ladi. Korpus qismlari kerakli o‘lchamga kattaytirilganida, ekran ham shunga moslanib cho‘ziladi. Bunda displeyni ham eniga, ham bo‘yiga cho‘zish mumkin bo‘ladi.

Bunaqa g‘ayrioddiy konstruksiya ko‘plab dasturiy o‘ziga xosliklarni ham talab etadi – u foydalanuvchiga qulay bo‘lishi kerak. Interfeys turli form-faktorlarga yo‘l-yo‘lakay moslashib ketishi talab etiladi. Ekran cho‘zilganida, unga ko‘proq ma’lumot chiqariladi.

Ko‘pincha patentlarda ko‘rsatilgan qurilmalarning amaliyotga qachon joriy etilishi noaniq bo‘ladi, ular hatto patent holicha qolib ketishi ham mumkin. LG’ning ushbu ishlanmasi borasida ham shunaqa – bunday smartfonni qachon (yoki umuman) ko‘rishimiz noaniq. Kompaniyaning buklama smartfoni esa shu yilning oxirida yoki 2020 yilda taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: LG kompaniyasi Jizzaxda 40 million dollarlik qanday loyiha amalga oshirmoqchi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!