Buklama va qo‘sh ekranli qurilmalar uchun Windows 10X chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  310
  •  28.10.2020 17:57

Buklama va qo‘sh ekranli qurilmalar uchun Windows 10X chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Lenovo kompaniyasi CES 2020 ko‘rgazmasi ochilishi arafasida qayishqoq ekranga ega jahonda birinchi haqiqiy buklama planshetni taqdim etgan edi. Kompaniya keyinchalik ThinkPad X1 Fold nomli ushbu qurilmasini hozircha taqdim etilmagan Windows 10X operatsion tizimi bilan chiqarishni nazarda tutgan.

O‘QING: Kokain mojarosi: Samsung va boshqalar atigi 349 dollarlik buklamafondan nega qo‘rqyapti?

Microsoft kompaniyasining ikkita ekranli qurilmalarga mo‘ljallangan Windows 10X operatsion tizimi 2021 yil bahorda chiqadi. Bu haqda jurnalist va insayder Zak Bouden o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Boudenning yozishicha, Windows 10X operatsion tizimining yakuniy beta-versiyasi 2020 yil oxirigacha paydo bo‘ladi. Uning aniqlik kiritishicha, tizimning to‘laqonli taqdimoti 2021 yil bahorda bo‘lib o‘tadi.

Softpedia nashri jurnalistlari esa Microsoft kompaniyasi Windows 10X’ni bir ekranli qurilmalar uchun chiqarishni ustuvor vazifa deb belgilagani to‘g‘risida eslatishmoqda. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, bir nechta ekranli kompyuterlar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim 2022 yilgacha chiqarilmaydi.

Yozda kompaniyaning ikkita displeyli qurilmalarga mo‘ljallangan operatsion tizimi ustidagi ishlar to‘xtab qolgani ma’lum bo‘lgandi. Bunga tizimdagi nuqsonlar va koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan.

O‘QING: Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!