Buklamafonbop oboylarni sifatli formatda yuklab oling!

Buklamafonbop oboylarni sifatli formatda yuklab oling!

22 fevralda Huaweiʼning ikki ekranli yangi buklamafoni – Huawei Mate X taqdim qilingandi. Oradan ko‘p o‘tmay tarmoqda smartfonning o‘ziga xos tomonlar nisbatiga ega oboylari tarqaldi.

O‘QING: iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Hozirda foydalanuvchilar uchun to‘qqiz variantdagi oboylar mavjud bo‘lib, ularni to‘liq hajmda quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

Google Drive;

Google Photo.

Eslatib o‘tamiz, Mate X2 ikkita displeyga ega – korpusining tashqi qismida diagonaliga 6,45 dyuymlik ekran o‘rnatilgan. Uning tomonlari o‘zaro 21:9 nisbatda, OLED matritsali, aniqligi esa 2700x1160 piksellik. Ichki tomonida esa diagonaliga 8 dyuymlik, deyarli kvadrat shakldagi (tomonlari nisbati 8:7,1) ekran qo‘llangan va u 2480x2200 piksellik aniqlikda tasvir uzatishga qodir.

Huawei Mate X2 stereokarnay, 5G-modemli Kirin 9000 protsessor, 4500 mA/soatlik akkumulyator, 50 MPlik datchik va 100 karralik raqamli zumli asosiy kameraga ega bo‘lgan.

Huawei ushbu buklamafonni o‘z yurtida to‘rt xil – oq, qora, moviy va pushti korpuslarda 25 fevraldan sota boshlaydi. Uning doimiy xotirasi 256 gigiabaytlik varianti 18 000 yuanga baholangan, bu esa naq 2830 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Doimiy xotirasi 512 gigabaytlik Mate X2 uchun esa xitoyliklar 19 000 yuan (2940 dollar) to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Buklamafonning tashqi bozorga chiqarilishi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.