Buklamafonlarni qo‘ya turing, Samsung Display kengayadigan ekranli kompyuterni namoyish qildi

Buklamafonlarni qo‘ya turing, Samsung Display kengayadigan ekranli kompyuterni namoyish qildi

Buklanadigan ekranli smartfonlar yoki kompyuterlar endilikda hech kimni hayron qoldirmayapti, ular bugungi kunning oddiy texnologiyalaridan biriga aylandi. Biroq, yaqinda internetda LG'ning bekor qilingan yon tomonga kengaya oladigan ekranli smartfonining videolari tarqaldi va u ko‘pchilik internet aholisiga qoyil qoldirdi.

Samsung Display ham ana shunday kengayadigan ekranli kompyuterlar ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Intel'ning kecha bo‘lib o‘tgan Innovation 2022 tadbirida Samsung Display bosh rahbari JS Choi sahnada 13 dyuymli planshetdan, 17 dyuymli kengayadigan ekranli kompyuter prototipi bilan paydo bo‘ldi.

"Biz kompyuterlar uchun dunyodagi ilk 17 dyuymli kengayadigan displeyni e’lon qilamiz. Bu qurilma portabillik va kattaroq ekranga bo‘lgan ehtiyojlarni qondiradi." deydi Choi.

Albatta, hozircha bu shunchaki konsept mahsulot bo‘lib, Samsung Display va Intel bunday ekranli kompyuterlarni qachondan chiqarishi noma’lum.

Intel kompaniyasi bir necha yillardan beri turli xil faktorlardagi: ikki ekranli va buklanadigan ekranli kompyuterlar ustida izlanishlar olib borayotgan edi. Microsoft aynan shunday kompyuterlar uchun Windows 10X operatsion tizimini ishlab chiqarayotgan edi, biroq keyinchalik u bekor qilindi.

O‘QING: Galaxy S23 va Galaxy S23+ ilk marta sifatli renderlarda ko‘rsatildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!