Buklanauvchi iPhone kutib turadi, Apple to‘liq ekranli MacBook chiqarmoqchi

Buklanauvchi iPhone kutib turadi, Apple to‘liq ekranli MacBook chiqarmoqchi

Displey yetkazib berish tizimi maslahatchilari (DSCC) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple'ning uzoq vaqtdan beri mish-mish bo‘lib kelayotgan buklanuvchi iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish 2025-yilga qoldirilgani ma’lum bo‘ldi.

Bu kompaniyaning 2023 yoki 2024-yillarda yig‘iladigan smartfon ishlab chiqarishi mumkinligi haqida bashoratlarga barham beradi va Apple buklamafonlar bozoriga kirishga unchalik shoshilmayotganligini anglatadi. 

Shunga qaramay, kompaniya endi to‘liq ekranli buklanadigan noutbuklarni ishlab chiqarmoqchi. Ta’kidlanishicha, Apple taxminan 20 dyuymli, 4K displeyli yig‘iladigan noutbuklarni o‘rganmoqda va ularni 2025-yildan keyinroqqa, 2026-27-yillarga chiqarishi mumkin. 

O‘QING: Yangi iPhone modellarida ham barmoq izi skaneri bo‘lmaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!