Bullitt va MediaTek dunyodagi ilk "sun'iy yo'ldosh smartfonini" ishlab chiqarishadi

Bullitt va MediaTek dunyodagi ilk

Huawei kompaniyasi sentabr oyi boshida o'zining Mate 50 smartfonlarini sun'iy yo'ldoshga ulanish funksiyasi bilan taqdim qildi. Undan keyin Apple iPhone 14 smartfonlari shunday xususiyat bilan chiqargan bo'lsa, navbatda Samsung Galaxy S23 seriyasi turibdi. Biroq, Buyuk Britaniyaning Bullitt kompaniyasi MediaTek bilan hamkorlikda ishlab chiqaradigan "dunyodagi ilk sun'iy yo'ldosh smartfoni" oldida bular hech narsa emas.

Gap shundaki, Apple va Huawei smartfonlaridagi sun'iy yo'ldosh bilan lokatsiya va qisqa SMS yuborish imkonini beradigan funksiyadan farqli o'laroq Bullitt'ning bo'lajak smartfoni sun'iy yo'ldoshga ulangan foydalanuvchi va oddiy uyali tarmoqqa ulangan boshqa foydalanuvchi o'rtasida uzluksiz xabar almashish imkonini beradi.

Ma'lum bo'lishicha, bo'lajak Bullitt smartfoni MediaTek'ning 3GPP NTN (Yer usti bo'lmagan tarmoq) chipseti bilan jihozlangan ilk smartfon bo'ladi. U faqat uyali yoki Wi-Fi aloqasi mavjud bo'lmaganda joyda atigi 10 soniya ichida sun'iy yo'ldoshga ulanadi. Kompaniyalar ushbu loyiha ustida 18 oydan beri ishlab kelmoqda va natija yoxud Bullitt'ning yangi smartfoni 2023-yilning birinchi choragida chiqariladi.

O'QING: Ilon Mask o‘z telefonini qachon chiqarishini aytdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!