Bumblebee ko'rinishidagi Red Magic smartfoni

Bumblebee ko'rinishidagi Red Magic smartfoni

Nubia'ning Red Magic brendi o'zining yangi Red Magic 7S qatorini taqdim etishga tayyorlanmoqda, lekin kompaniya tadbirdan oldin bo'lajak smartfonlardan birining Transformerlar nashridagi yana bir varianti chiqarilishini e'lon qildi. Taniqli "Transformerlar" filmdagi asosiy qahramon, Optimus Prime, nashridagi Red Magic 7 Pro smartfoni bir necha oy avval taqdim qilingan edi. Bu safar esa kompaniya Red Magic 7S Pro smartfonini filmdagi BumbleBee qahramoniga asoslangan variantini chiqarishini ma'lum qildi.

Tizer suratlardan ko'rish mumkinki, maxsus nashrdagi o'yin smartfonini BumbleBee kabi sariq-qora ranglar uyg'unligidagi noyob ko'rinishga ega, shu bilan birga, unda ham oddiy nashrdagi 7S Pro kabi orqa panelda shaffof dizayndagi RGB kulerini mavjud. Mish-mishlarga ko'ra, Red Magic 7S Pro BumbleBee nashridagi smartfoni Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan 16 GB operativ xotirada, Android 12 ga asoslangan qobiqda ishlaydi. Uning 4,500 mAh batareyasi 120 Vt tezlikda zaryadlanadi. Old tomoniga 6.8 dyuymli, 165Hz yangilanish tezligiga ega OLED displey o'rnatilgan. Optika bo'yicha esa selfi kamera 8MP, orqasidagi uchlik kameraning asosiysi 64MP bo'lishi kutilmoqda.

Albatta, maxsus nashrdagi smartfon o'ziga xos noodatiy qutida qo'shimcha aksessuarlar bilan keladi.

O'QING: LPDDR5X tezkor xotiraga ega bo‘lgan birinchi smartfon taqdim etiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!