Bunaqasi bo‘lmagan: 5G modemli ilk 8K-televizor chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  1843
  •  20.08.2018 15:48

Bunaqasi bo‘lmagan: 5G modemli ilk 8K-televizor chiqyapti!

Keyingi yillarda turli maishiy texnika jihozlarini internetga ulash, yagona tizimga birlashtirish yo‘nalishida ancha rivojlanish mavjud. Jumladan, televizor ishlab chiqarish sanoatida kutilayotgan yangilik bu boradagi yana bir dadil qadam bo‘layotir.

O‘QING: Samsung The Wall endi eng zo‘ri emas: LG rekord darajada ulkan va yupqa micro-LED TV yaratdi!

So‘nggi xabarlarga qaraganda, Huawei kompaniyasi bu bozorga o‘zining ilg‘or texnologiyalari bilan kirib kelmoqchi. Xitoylik texnogigant allaqachon yangicha televizorlarning apparat yechimlari ishlanmalari hamda foydalanuvchi interfeysi bilan shug‘ullanuvchi jamoani yig‘ib bo‘lgan. Korporatsiyaning TV-jamoasi ayni damda televizion panellarning yirik yetkazib beruvchilari bilan aloqalar o‘rnatmoqda.

Televizor bozorida hamyonbop mahsulotlari evaziga muvaffaqiyat qozongan Xiaomi’dan farqli ravishda, Huawei ilg‘or jihatlarga ega premial modellarga e’tibor qaratyapti. Jumladan, uning mahsulotlarida 8K formatli (7680x4320 pikselli) displeylar hamda 5G moduli bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.