Bunaqasi bo‘lmagan: 8/256 GB xotirali smartfon – atigi 153 dollarga!

  •   DiMaX
  •  3433
  •  27.05.2020 14:45

Bunaqasi bo‘lmagan: 8/256 GB xotirali smartfon – atigi 153 dollarga!

Gionee kompaniyasi 2018 yili o‘zini bankrot deb e’lon qilgan, oradan bir yil o‘tib, yana bir necha smartfon taqdim etgan edi. Endi esa u jiddiy qaytish qildi: Gionee K6 nomli arzon modeli chindan ham diqqatga loyiq.

O‘QING: Super-arzon Redmi 10X 4G smartfonini qarshi oling!

Smartfon MediaTek Helio P60 protsessori bazasiga qurilgan va boshlang‘ich konfiguratsiyada 6/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega. bu varianti bor-yo‘g‘i 110 dollarga baholangan bo‘lsa, 8/256 GB xotirali Gionee K6 ham qimmat emas – narxi 153 dollarga teng!

Gionee K6 diagonaliga 6,2 dyuymlik LCD-displey bilan jihozlangan, uning kemtigiga 13 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan. Orqa panelida esa 16 MPlik qo‘shaloq asosiy kamera va daktiloskopik datchik joylashgan.

Smartfonning akkumulyatori 4350 mA/soatlik bo‘lib, faqat 10 vattlik texnologiyaga ko‘ra quvvat ola biladi. Gionee K6 qadoqdanoq Android 10 tizimi bilan ta’minlangan.

O‘QING: Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.