Bunaqasi bo‘lmagan: Huawei’ga qarshi kurashayotgan AQSh endi uning yordamiga muhtoj!

  •   DiMaX
  •  2153
  •  08.01.2019 17:07

Bunaqasi bo‘lmagan: Huawei’ga qarshi kurashayotgan AQSh endi uning yordamiga muhtoj!

AQSh hukumati mamlakat hududida Huawei kompaniyasining mahsulotlarini taqiqlab, unga qarshi choralar qo‘llab kelayotganidan xabaringiz bor. Jumladan, o‘tgan yilning 1 dekabr kuni AQSh talabiga binoan, Kanadaning Vankuver shahrida Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou hibsga olingan edi.

O‘QING: Trampdan Xitoyga “javob”: endi u Huawei va ZTE uskunalarini sotib olishni ta’qiqlaydi.

Endi esa AQSh hukumatining o‘zi Huawei ko‘magi kerak bo‘lib qoldi. Aniqroq qilib aytganda, hukumatning Federal savdo komissiyasi (Federal Trade Commission – FTC) agentligiga xitoylik texnogigantning yordami zarur.

Gap shundaki, FTC ayni damda monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlikda ayblab, Qualcomm bilan sudlashib turibdi. Huawei esa, ko‘plab boshqa kompaniyalar qatori chipsozning noqonuniy talablaridan jabr ko‘rgan. Shu bois FTC xitoy gigantidan sudda Qualcomm’ga qarshi ko‘rsatma berishni so‘ramoqda.

Voqealar rivojini birga kuzatamiz – bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Xitoy va AQShning savdo jangi sababli iPhone’lar boshqa mamlakatda tayyorlanishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!