Bunaqasi bo‘lmagan: Kiberxavfsizlikka mas’ul Yaponiya vaziri umrida biror marta kompyuter ishlatib ko‘rmagan ekan!

  •   DiMaX
  •  1239
  •  16.11.2018 12:48

Bunaqasi bo‘lmagan: Kiberxavfsizlikka mas’ul Yaponiya vaziri umrida biror marta kompyuter ishlatib ko‘rmagan ekan!

Kiberxavfsizlik – hozirgi zamonda davlat miqyosidagi jiddiy masaladir, hatto siyosiy masalalarda ham uning o‘rni muhim. Shu boisdan hukumat tarkibidagilar axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik borasida tegilshi bilimlarga ega bo‘lishlari – zamon talabi.

O‘QING: BOShLANDI: Gollandiya allaqachon Rossiyaga «kiber-urush» e’lon qildi!

Yaponiyaning kiberxavfsizlik bo‘yicha vaziri Sakurada Yositaka (Yoshitaka Sakurada) kuni kecha tan olib aytishicha, umrida biror marta ham kompyuter ishlatmagan ekan! Shuningdek, parlament yig‘ilishida u USB-fleshkalardan foydalanganligi haqidagi savolga ham shunday javob bergan.

68 yashar Sakurada Yositaka kiberxavfsizlik bo‘yicha hukumat byurosi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. Shu bilan birga, u 2020 yili Tokioda o‘tkaziladigan Yozgi Olimpiya o‘yinlariga mas’ul vazir ham hisoblanadi.

Sakuradaning so‘zlariga ko‘ra, u 25 yoshligidan buyon o‘z xodimlari va kotiblariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib keladi, ammo o‘zi biror martayam kompyuterdan foydalanmagan. Yaponiya atom stansiyalarida USB-fleshkalar qo‘llangan yoki yo‘qligi haqidagi savolga u javob bera olmagan.

Tabiiyki, bu hol muxolifatdagi siyosatchilarning tanqidiga uchragan. Masalan, muxolifatchi deputat Masato Imay (Masato Imai) shunday degan: «Hech qachon kompyuterga qo‘l tekkizib ham ko‘rmagan kishi kiberxavfsizlik siyosati uchun mas’ul ekanligiga shunchaki aql bovar qilmaydi».

O‘QING: Innovatsion rivojlanish vazirligida yangi tayinlovlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!