BUNAQASI BO‘LMAGAN: «oq xaker» Sukerbergning Facebook-sahifasini shu tarmoqdagi jonli efirda buzib tashlashga so‘z berdi!

  •   DiMaX
  •  1065
  •  28.09.2018 18:04

BUNAQASI BO‘LMAGAN: «oq xaker» Sukerbergning Facebook-sahifasini shu tarmoqdagi jonli efirda buzib tashlashga so‘z berdi!

Dunyo bo‘yicha eng ommalashgan ijtimoiy tarmoq – Facebook’da, tabiiyki, xavfsizlikka katta ahamiyat qaratishadi. Shunga qaramay, unda ham xakerlar hujumi uyushtirilib turadi.

O‘QING: AQSh Kongressida ko‘rsatma bergan Sukerberg: «O‘zimni ham chuv tushirishdi...»

Tayvanlik «oq xaker» Chan Chi-yan (Chang Chi-yuan) bugun – 28 sentyabrda antiqa da’vo bilan chiqdi. Ta’kidlashicha, navbatdagi yakshanba – 30 sentyabr sanasida u Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerbergning ayni shu platformadagi sahifasiga hujum qilib, uni o‘chirib tashlamoqchi! Tag‘in, ushbu jarayonning ommaviy namoyishini ham e’lon qildi: uni o‘z Facebook-akkaunti orqali jonli efirga uzatib turmoqchi!

Facebook’da 26 mingdan oshiq obunachilarga ega bo‘lgan Chan Chi-yan o‘z vatanida juda mashhur shaxsdir, deyiladi xabarlarda. U avval ham ommabop platformalarning himoyasidagi «tirqish»larni pul evaziga topib berish bilan shug‘ullanib kelgan. Darvoqe, Facebook’da ham baglar va himoyadagi zaifliklarni izlash bo‘yicha muntazam dastur yo‘lga qo‘yilgan. Bu boradagi xatoliklarni topib, xizmat ko‘rsatish markaziga xabar qilgan xavfsizlik mutaxassislari rag‘batlantiriladi.

Darvoqe, agarda Facebook’ning o‘zi bloklab qo‘ymasa, Chan Chi-yan «tomosha»sini 2018 yilning 30 sentyabri – yakshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da mana bu manzil orqali ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!