Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung butun boshli iPad narxida yangi microSD-karta chiqardi!

  •   DiMaX
  •  1945
  •  30.10.2018 11:38

Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung butun boshli iPad narxida yangi microSD-karta chiqardi!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining microSD formatli yangi xotira kartasini savdoga chiqardi. Hajmi 512 gigabaytlik ushbu karta Samsung Evo Plus turkumiga kiradi.

O‘QING: Samsung dunyoda birinchi bo‘lib 4-razryadli sig‘imi 4 terabaytga ega SSD-diskni ishlab chiqarmoqda

Yarim terabaytlik Samsung Evo Plus xotira kartasiga davomiyligi 24 soatlik 4K-video, yuqori sifatli 150 mingdan oshiq fotosurat yoki 77 mingdan ortiq qo‘shiq bemalol sig‘adi.

Evo Plus kartalarini smartfonlarga, ekshen-kameralar va boshqa texnika jihozlariga qo‘yish mumkin. 512 gigabaytlik ushbu microSD-kartada ma’lumotlar uzatish tezligi ham yuqori: undan soniyasiga 100 megabaytgacha tezlikda o‘qish va 90 megabaytgacha tezlikda yozish mumkin. Suvdan to‘liq himoyalangan ushbu kartaga Samsung naq o‘n yillik muddatga rasmiy kafolat beradi!

Tabiiyki, bu qadar ko‘p afzalliklarga ega xotira kartasining narxi ham shunga yarasha. Samsung rasmiy saytida 512 gigabaytlik Evo Plus kartasiga naq 330 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan! Bu esa, masalan, ekranining o‘lchami 9,7 dyuymlik, ichki xotirasi 32 gigabaytlik yap-yangi iPad narxiga tengdir.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa APACER 16GB USB 2.0 MICRO SD rusumli xotira kartasini 66 000 so‘mga sotib olish yoki APACER 32GB USB 2.0 MICRO SD modelini 85 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: 1 terabaytli eng jajji USB-S fleshka taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!