Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung hali e’lon qilinmagan Nokia 9 flagmanini Galaxy smartfoniga almashtirib bermoqchi!

  •   DiMaX
  •  2132
  •  11.09.2018 11:03

Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung hali e’lon qilinmagan Nokia 9 flagmanini Galaxy smartfoniga almashtirib bermoqchi!

Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar qatori, Samsung kompaniyasi ham trade-in dasturi doirasida ishlatilgan smartfonlarni topshirgan xaridorlarga yangi modellarni chegirma bilan sotadi. Lekin kuni kecha uning rasmiy saytidagi trade-in sahifasida antiqa ma’lumot paydo bo‘ldi...

O‘QING: Samsung’dan yangi aksiya: «iPhone’ni topshir va Galaxy S8’ga 560 dollar chegirma beramiz!»

Janubiy koreyalik gigantning saytidagi e’longa ko‘ra, xaridorlar hali rasman taqdim etilmagan Nokia 9 flagmanini topshirib, yangi Samsung Galaxy xaridida 292 yevrogacha tejashlari mumkin ekan!

Samsung saytidagi tegishli ro‘yxatda Nokia 9 modelining bitta va ikkita SIM-kartali, shuningdek 64 va 128 GB xotirali talqinlari mavjud.

Avval ham xabar berganimizdek, Nokia 9 flagmani beshta modulli asosiy kameraga hamda ekranning o‘zidagi daktiloskopik datchikka ega bo‘ladi.

Garchi trade-in dasturi O‘zbekistonda mavjud bo‘lmasa-da, janubiy koreyalik texnogigantning aksariyat mobil telefonlari xaridida hadyaga ega bo‘lishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.