BUNAQASI BO‘LMAGAN: Sony shaffof buklama smartfon tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1907
  •  01.12.2018 17:40

BUNAQASI BO‘LMAGAN: Sony shaffof buklama smartfon tayyorlayapti!

Aftidan, 2019 yil smartfonsozlikda katta burilishlar bo‘ladi:  5G tarmog‘i, «teshik» ekranlar, buklama gadjetlar... Shuningdek, 10 gigabaytlik «operativka» va to‘rt-besh modulli kameraga ega telefonlar...

O‘QING: «Pentakamerali» Nokia 9 «damini olsin» – LG kamerasi naq 16 modulli smartfon chiqaradi!

Sony kompaniyasi esa navbatdagi smartfonlaridan birida mutlaqo yangicha texnologiyalarni qo‘llamoqchi. Uning yangi olgan patenti ikkita to‘laqonli displeyga ega, yana qoq belidan buklanadi va shaffof ko‘rinish olishga ham qodir!

Bu gadjet olti xil turli rejimda ishlay oladi: shaffof, yarimshaffof va noshaffof (uchtasi old ekran, uchtasi orqa ekranda). Shuningdek, shaffoflikning turli rejimlarini aralashtirib qo‘llash ham mumkin.

Bulardan tashqari, Sony patentida yana bir texnologiya – naycha shaklida o‘raluvchi displey ham aks ettirilgan. Ammo uning qanday qo‘llanilishi oshkor etilmagan.

To‘g‘ri, bularning bari hozircha patentlardagina aks etgan. Biroq kelasi yil shunday texnologiyalarga ega devayslarni ko‘rishimiz ham mumkin.

O‘QING: Sony Xperia XA3: romsiz arzon smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!