Bunaqasi bo‘lmagan: Wi-Fi signalidan elektr toki olish yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  1788
  •  30.01.2019 11:47

Bunaqasi bo‘lmagan: Wi-Fi signalidan elektr toki olish yo‘li topildi!

Massachusets texnologik instituti olimlari quvvat manbai sifatida Wi-Fi’ni qo‘llovchi qurilmani yaratish sari ilk qadam tashlashdi. Ya’ni, ular ushbu to‘lqinlarni elektr tokiga aylantira olishdi!

O‘QING: Kompyuteringizdan ortiqcha dasturlarsiz Wi-Fi tarqatishni bilasizmi?

Aslini olganda, elektromagnit to‘lqinlarini o‘zgarmas tokka aylantiruvchi moslamalar avvaldan ham bor, ularni rektenna deb atashadi. Amerikalik olimlar namoyish etgan yangi qurilma esa transformatsiyalanuvchi radiochastota antennasi yordamida elektromagnit to‘lqinlarini, shu jumladan Wi-Fi signallarini o‘zgaruvchan elektr toki sifatida qabul qila oladi. Bunday antenna bir necha atom qalinligidagi 2D-yarim o‘tkazgichga ulanadi, u esa o‘zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantiradi.

Mazkur sxema yordamida muhandislar akkumulyatorsiz portativ qurilmalar yaratishlari mumkin. Ya’ni, ular tom ma’noda havodan quvvat olib ishlayveradi!

Bundan tashqari, radiosignallarni tokka aylantiruvchi moslama qayishqoq bo‘lib, plyonkaga o‘xshash shaklda ishlab chiqarilishi mumkin. Yangi texnologiya buklama smartfonlarda, «buyumlar interneti» sensorlarida hamda tibbiy implantlarda qo‘llanishi mumkin.

O‘QING: Erkaklarni smartfon va Wi-Fi zararidan himoyalovchi ichki kiyim yaratildi