Bunaqasi hali bo'lmagan: Motorola o'zining cho'zinchoq smartfonini ko'rsatdi

Bunaqasi hali bo'lmagan: Motorola o'zining cho'zinchoq smartfonini ko'rsatdi

O'zining bosh kompaniyasi, Lenovo'ning Tech World 2022 taqdimoti davomida Motorola yangi, noodatiy demo smartfonini namoyish qildi. Kompaniyaning 312 Labs deb nomlangan ichki innovatsion guruh tomonidan tayyorlangan smartfon bo'yiga cho'zila oladi.

Ma'lum bo'lishicha, smartfon yonidagi birgina tugma bosilishi bilan u bo'yiga cho'ziladi, hatto, fon rasmi ham u bilan birga harakatlanib, unga moslashadi. Bunda qurilmaning pastki qismiga o'ralgan moslashuvchan OLED paneli 4 dyuymdan 6.5 dyuymgacha cho'ziladi. Demo video faqat smartfon old ekraninin ko'rish imkonini beradi.

Afsuski, Motorola ushbu konsept haqidagi qo'shimcha ma'lumotlar bilan bo'lishmagan va qurilmaning bozorga chiqarilish-chiqarilmasligi hozircha noma'lum. TCL va LG kompaniyalari ham ancha oldin o'zlarining kengaya oladigan ekranli smartfonlarni ko'rsatishgan, ammo, ularning ularning konseptlaridan farqli o'laroq Motorola mahsuloti eniga emas, bo'yiga cho'ziladi.

O'QING: Galaxy Z Fold4'ning xitoycha versiyasi qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!