Butkul simsiz Galaxy Buds+ quloqchini namoyish qilindi (+videotavsif)

  •   DiMaX
  •  1306
  •  12.02.2020 13:06

Butkul simsiz Galaxy Buds+ quloqchini namoyish qilindi (+videotavsif)

Galaxy Unpacked 2020 tadbirida Samsung kompaniyasi yangi avlod simsiz quloqchini – Galaxy Buds+ modelini ham taqdim etdi. Ushbu yangilangan aksessuar oldingi avlod – Galaxu Buds quloqchiniga nisbatan bir qator afzalliklarga ega.

O‘QING: Samsung'ning qimmatbaho Galaxy Buds+ quloqchinlariga bepul ega bo‘ling!

Galaxy Buds+ audiotexnika sohasida jahonda yetakchi bo‘lgan AKG kompaniyasining mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan. Unda ovozning aniq, tabiiy va ravon yangrashi uchun ikki polosali dinamiklar qo‘llangan. Telefonda muloqot payti ovozni yaxshi ilg‘ab olish uchun Galaxy Buds+ naq uchta mikrofon bilan jihozlangan. Akkumulyatorining bitta to‘la quvvati bilan Galaxy Buds+ naq 11 soatgacha musiqa tinglash mumkin.

Shuningdek, Samsung’ning bu quloqchinlari maxsus ilova orqali endi iOS tizimi bilan ham ishlay oladi. Galaxy Buds+ quloqchini yana Spotify musiqa servisi bilan ham integratsiya qilingan: bitta teginish bilan undagi sevimli qo‘shiqlarni tinglash mumkin.

O‘QING: Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

Quyida mazkur aksessuarning rus tilidagi videotavsifini tomosha qilamiz:

Samsung ushbu quloqchinini 14 fevraldan AQSh va Koreyada sotuvga chiqaryapti, narxi esa 149 dollarga teng. Xaridorlar uni ko‘k, qizil, qora yoki oq korpusda olishlari mumkin.

O‘QING: Olimlar: simsiz quloqchinlar saratonga sabab bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.