Butun dunyodagi iPhone va iPad’larda ilovalar ishlamay qoldi

  •   DiMaX
  •  454
  •  11.07.2020 09:40

Butun dunyodagi iPhone va iPad’larda ilovalar ishlamay qoldi

Jahon bo‘ylab iPhone va iPad foydalanuvchilari turli mashhur iOS ilovalaridagi nosozliklar haqida shikoyat qilmoqdalar. Bu haqda The Verge nashri xabariga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: Ushbu ilovalar smartfoningizda bo‘lsa, tezda o‘chirib qutuling!

Apple smartfon va planshetlarida Spotify, Pinterest, Tinder, Viber ilovalari, Yandex xizmatlari va shu kabi dasturlarda muammolar paydo bo‘lmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, muammo dasturni Facebook bilan birlashtiradigan Facebook SDK tufayli yuzaga kelgan. Masalan, foydalanuvchi ilovaga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali kirishlari mumkin.

O‘z navbatida Facebook kompaniyasi muammoni o‘rganayotganini xabar qildi.

O‘QING: Telegram’da sizga foydali o‘zgarish yuz berdi, lekin bunga Facebook’ning nima daxli bor?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!