Butun Yer yuziga internet tarqatuvchi Starlink saytidagi arizangizda endi manzilingizni ham ko‘rsata olasiz!

  •   DiMaX
  •  3149
  •  14.07.2020 16:00

Butun Yer yuziga internet tarqatuvchi Starlink saytidagi arizangizda endi manzilingizni ham ko‘rsata olasiz!

Taniqli tadbirkor Ilon Mask o‘zining Starlink loyihasi doirasida butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni niyat qilgan. Avvalroq mazkur xizmatdan foydalanish istagida bo‘lganlar uchun uning rasmiy saytida arizalar qabuli boshlangan edi.

O‘QING: Yer yuziga bepul internet tarqatish uchun yana 60 ta yo‘ldosh orbitaga chiqarildi

Kompaniya rasmiy saytidagi sun’iy yo‘ldoshlar orqali tarqatiluvchi internetga ulanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shakli kengaytirildi. Endi unda nafaqat pochta indeksingiz (ZIP-kod), balki aniq manzilingizni ham ko‘rsatishingiz mumkin.

Starlink vakillarining so‘zlariga ko‘ra, arizachilarning manzillari ularga tarmoqning muayyan hududlarda yangilanishini yaxshilash uchun asqotadi.

O‘QING: Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

Agarda siz oldin ariza bergan bo‘lsangiz, unda ko‘rsatilgan elektron pochtangizga o‘z manzil ma’lumotlaringizni to‘ldirishingiz mumkinligi haqida xat keladi.

Mana, bizga kelgan elektron maktub skrinshoti:

Eslatib o‘tamiz , shu paytgacha ko‘plab xabarlarda Starlink interneti bepul bo‘lishi aytilayotgan edi. Ammo keyingi paytlarda uning interneti pulli, lekin past narxlarda taqdim etilishini aytishyapti. Shunga qaramay, u hozirgi mobil va simli internetlardan ancha arzon bo‘ladi; asosiysi – hamma joyda va 5–10 marta tez ishlaydi.

O‘QING: Facebook butkul bepul internetni ishga tushirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!