Butun jahondagi iPhone egalari aynan qaysi modellarni tutishyapti?

  •   DiMaX
  •  1055
  •  01.06.2021 17:37

Butun jahondagi iPhone egalari aynan qaysi modellarni tutishyapti?

Amerikaliklarni qoniqtirgan smartfonlar reytingida iPhone’lar atigi yettinchi o‘rindan boshlanganidan xabaringiz bor. Shundayam kuchli o‘ntalikka iPhone 12 turkumining birorta ham vakili kirmagan. Xo‘sh, o‘zi butun dunyoda ayfonlarning qaysi modellari eng ko‘p tarqalgan?

O‘QING: Eng ko‘p sotilgan va eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar: ikkala reytingda ham ilk to‘rtta o‘rin bitta kompaniyaniki!

CounterPointResearsh statistika portali shu masalaga qiziqib, 2021 yilning birinchi choragida qaysi iPhone modeli eng ko‘p tarqalganini o‘rganib chiqdi. Olingan natijalarni 2020 yilning dastlabki kvartalidagi holat bilan taqqoslab ko‘rishdi.

O‘tgan yilning ilk choragida kupertinolik gigantning dunyo bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan smartfoni iPhone 7 modeli bo‘lgan – ayfon egalarining 13 foizi shunaqasidan ishlatgan. O‘sha davrdagi «tishlangan olmali» smartfonlarning ommaboplik reytingi quyidagicha edi:

Ko‘rib turganingizdek, kuchli uchlikka 11 foizlik ommaboplik bilan iPhone XR hamda 10 foizlik ulush bilan iPhone 8 ham kuchli uchlikka kirgan.

O‘QING: Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!

Joriy yilning boshidan esa reyting tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan: birinchi o‘ringa iPhone 11 modeli chiqib olgan. Uni tutayotgan foydalanuvchilar jami ayfon egalarining 16 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 10 foizi iPhone XR ishlatayotgan ekan. Bir yil avvalgi yetakchi iPhone 7, shuningdek iPhone 8 modellari 8 foizlik hissa bilan 3-4-o‘rinlarni egallab turibdi.

Guvohi bo‘lyapmizki, Apple’ning so‘nggi avlod smartfonlaridan standart iPhone 12 modeli ommaboplik reytingida beshinchi, iPhone 12 Pro Max esa to‘qqizinchi o‘rinlarda turibdi.

O‘QING: Samsung yana Apple’ni kalaka qildi: iPhone 12 Pro Max kamerasiga zarba! (ikkita video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!