Butun O‘zbekiston bo‘ylab teledasturlarda uzilishlar bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  715
  •  10.04.2021 17:33

Butun O‘zbekiston bo‘ylab teledasturlarda uzilishlar bo‘ladi

2021 yilning 12–16 aprel kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatkichlarda profilaktika o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu xususda Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda internet nega qimmat? – AKT vazirligi izoh berdi

Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha raqamli teledasturlarni tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to‘xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Mahalliy, nodavlat va «Uzdigital TV» MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda ushbu jadval asosida profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida «Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi» DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o‘chirib, profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

O‘QING: Raqamli TV: televizor xaridida muhim tavsiya, bilish zarur bo‘lgan jihatlar