«Butunjahon shoping kuni»da AliExpress’da eng zo‘r smartfon, planshet va kompyuterlar uchun katta chegirma!

  •   DiMaX
  •  3876
  •  06.11.2017 18:16

«Butunjahon shoping kuni»da AliExpress’da eng zo‘r smartfon, planshet va kompyuterlar uchun katta chegirma!

Keyingi paytlarda dunyo bo‘yicha ommalashgan AliExpress onlayn savdo maydonchasida turli sanalar munosabati bilan chegirmalar bo‘lib turadi. Ayrim tovarlarga ayni shu pallalarda buyurtma berib, samarali xarid qilish imkoni bo‘ladi, deb yozadi AKKet sayti.

Navbatdagi yirik chegirma «Butunjahon shoping kuni»da – Xitoy an’anasiga ko‘ra «Bo‘ydoqlar kuni» deb ataluvchi 11 noyabr sanasida amalga oshiriladi, deyiladi xabarda. Ushbu aksiya doirasida ayrim tovarlarni o‘ta katta – 50 foizgacha miqdordagi chegirma bilan sotib olish imkoni mavjud. E’tibor bering: mazkur chegirmalar faqat bir kun – 11 noyabr sanasi mobaynida amalda bo‘ladi. Shu bois, bu fursatni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, chegirmadagi tovarlar ro‘yxatini hozirdanoq ko‘zdan kechirib, o‘zingizga kerakli gadjet uchun buyurtma berishni rejalashtirib qo‘yganingiz ma’qul. Aksiya boshlanishi bilan esa tezda unga buyurtmani rasmiylashtirishingiz lozim, aks holda ulgurmasligingiz ham mumkin.

O‘QING: «Terabayt.uz» AliExpress’dan tovarlarni yetkazib bera boshladi!

AliExpress savdo maydoni 2017 yildagi eng yirik aksiya oldidan barcha xaridorlarning e’tiborini ushlab turish uchun o‘zgacha yo‘l tutgan. Ya’ni, ayrim smartfon va kompyuterlar uchun chegirmali narxnomalarni ko‘rsatib qo‘ygan, boshqalarining qiymatida esa ba’zi raqamlarni yulduzcha belgisi bilan yopib qo‘ygan. Ikkinchi toifadagilarning aniq narxini o‘sha kuni – 11 noyabrdagina ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Mana, «Butunjahon shoping kuni»da AliExpress’da chegirma bilan sotiladigan AYRIM devayslar ro‘yxati:

Shu ro‘yxatdagi va boshqa ayrim tovarlarga 11 noyabrda AliExpress orqali buyurtma berish imkoni bo‘ladi. Ularning miqdori esa cheklanganligi sababli, ba’zilarini faqat oldindan tayyorgarlik ko‘rib, o‘sha kuni birinchilar qatorida buyurtma berishga ulgurganlargina xarid qilib qolishlari mumkin.

Chegirmada ishtirok etuvchi tovarlarning to‘liq ro‘yxati bilan esa mana bu maxsus sahifada tanishish mumkin.

Agarda siz ham mazkur onlayn savdo platformasi orqali biror nima xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, buning yo‘l-yo‘rig‘i bilan quyidagi maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin:

AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!