Buzilgan iPhone 8’dan iPhone 12 yasash usulini videodan o‘rganib oling!

  •   DiMaX
  •  1390
  •  09.07.2021 09:36

Buzilgan iPhone 8’dan iPhone 12 yasash usulini videodan o‘rganib oling!

Xitoy jin ko‘chalaridagi bozorda sayyoh o‘zi uchun iPhone 6s tergani videosini ko‘rgan edingiz-a? Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li ham topilganidan xabaringiz bormi?

O‘QING: Qoyilmisiz: har qanday iPhone’ni endi Galaxy’ga «aylantirish» mumkin!

Yana bir havaskor esa buzuq iPhone 8 smartfonidan iPhone 12 yasab, bu jarayonni videoga oldi va YouTube’da e’lon qildi. Buning uchun u korpusi singan, eski ayfonning ichki qismlarini internet orqali buyurtma qilib olingan iPhone 12 korpusiga joylab chiqqan:

Ko‘rib turganingizdek, yangi korpusda iPhone 8 orqa paneli iPhone 12 flagmani kabi qiyofa kasb etgan. Lekin uning old tomoni aslidagidek – Touch ID daktiloskopik skanerli Home tugmachasi o‘z joyida qolgan.

Avvalroq biz iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek, ayfon egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!