Buzilgan Windows 7 operatsion tizimi fayllarini qayta tiklash

Buzilgan Windows 7 operatsion tizimi fayllarini qayta tiklash

Ko‘p hollarda Windows operatsion tizimiga zarar yetsa, darhol uni qaytadan o‘rnatishga tushib ketamiz. Chunki tizimning buzilishiga sabab bo‘lgan hodisani(balki virusdir, qandaydir skriptdur) topib, uni yo‘q qilish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shuning uchun vaqtimizning kamida 1 soatini tizimni qayta qo‘yish va kerakli dasturlarni qaytadan o‘rnatish uchun sarflaymiz. Shu bilan biz kompyuter ustasi degan nomga erishamiz (bu albatta notog‘ri).

Foydalanuvchilarning qo‘pol xatolari evaziga Windows operatsion tizimida ko‘p hollarda tizimning maxsus fayllari buzilib yoki o‘chib ketishi mumkin. Biz esa bu fayllarni qayta tiklash o‘rniga, albatta qaytadan operatsion tizim qo‘yishga kirishib ketamiz. Tizimni o‘rnatish hammaning qo‘lidan keladi, bir marotaba ko‘rib olishning o‘zi kifoya. Bitta faylning buzilishi, bizning qanchadan qancha vaqtimizni olishiga sabab bo‘lmoqda.

Bu maqolamda man buzilgan operatsion tizim faylini (fayllarini), yangi fayl bilan almashtirish yo‘lini ko‘rsataman. Bu usul Windows 7 operatsion tizimida sinab ko‘rilgan va xatosiz ishlaydi. Bizga operatsion tizimning “obrazi” kerak bo‘ladi(iso formatda bo‘lsa uni ichini ochish lozim). Bu “obraz” odatda DVD diskda bo‘ladi. Operatsion tizim faylini tiklash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishimiz lozim:

  1. Operatsion tizim o‘rnatuvchi(“Obraz”, odatda Iso format) diskidan kerakli faylni ochish.
  2. Buzilgan faylni o‘chirib tashlash.
  3. “Obraz” dan olingan yangi faylni eskisi bilan almashtirish.
  4. Kompyuterni qayta yuklash.

Dastlab kerakli faylni operatsion tizimning o‘rnatiladigan DVD diskidan, misol uchun D:\TEMP katalogiga tashlab olamiz. Bu kerakli faylning nomi install.wim. Bu faylning hajmi taxminan 2,65 Gb atrofida bo‘ladi(“Obraz” ning asosini tashkil qiladi)va o‘zida operatsion tizimning (windows 7) barcha fayllarini saqlaydi. Faylni D:\file katalogiga ochamiz. Bu fayl odatda quyidagi katalogda joylashgan bo‘ladi.

G:\Windows_7_64_Ultimate\sources\install.wim

bu yerda G: — DVD qurilmasi.

Install.wim fayli ichini oddiy yo‘l bilan ochib bo‘lmaydi, ya’ni maxsus utilitlardan foydalanish zarur. Operatsion tizim o‘rnatilish paytida shu fayl (install.wim) avtomat ochilib, ichidagi barcha fayllar tanlangan diskga nusxalanadi va tizim bilan qurilmalar o‘rtasida bog‘lanish va kerakli sozlash ishlari amalga oshirilishi boshlanadi.

Demak, keyingi qadamimiz shu fayl ichini ochishdan iborat bo‘ladi. “Kommandnaya stroka” oynasini “Administrator” ruhsati bilan ochamiz.

PUSK -> Vse programmi -> standartnie -> Komandnaya stroka(“mishka”ning o‘ng tomoni “Zapusk ot imeni administratora”)

va quyidagi kommandani teramiz.

1
dism /Mount-Wim /WimFile:D:\TEMP\install.wim /name:"Windows 7 Ultimate" /MountDir:D:\file

Izoh:

dism – windows 7 operatsion tizimining utilitasi bo‘lib, wim fayllar bilan ishlash uchun foydalaniladi.

/Mount-Wim – wim fayl montirovka qilinayotganini ko‘rsatmoqda.

/WimFile – wim fayl joylashgan katalog.

/name – operatsion tizim nomi (Ultimate, Enterprise,..)

/MountDir – montirovka qilinadigan katalog nomi.

D:\file katalogini ochsangiz, operatsion tizim uchun kerak bo‘ladigan barcha fayl va kataloglarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi(taxminan c:\ diskingiz bilan bir hil ko‘rinishga ega bo‘ladi). Shu barcha fayllar birgina install.wim fayli ichidan chiqdi.

Kerakli faylni topamiz va operatsion tizim o‘rnatilgan katalogni ochib zararlangan faylni yangi fayl bilan almashtiramiz(oddiygina eskisini o‘chirib, yangisining nusxasini tashlaymiz). So‘ng wim faylni demontirovka qilamiz. Uning uchun “komandnaya stroka” ga quyidagi komandani teramiz:

1
dism /Unmount-Wim /MountDir:D:\file /discard

Izoh:

/UnmountWim — “Obraz”ni demontirovka qilamiz.

/MountDir: — montirovka qilingan chatalog(papka) ni ko‘rsatamiz.

/discard – barcha .wim fayli bilan qilingan o‘zgarishlarni saqlamaymiz.

Oxirida, install.wim faylini o‘chiramiz. Faylni ochganimizda hosil bo‘lgan barcha fayllar demontirovka paytida yo‘qoladi. So‘ng operatsion tizimni qaytadan yuklaymiz (perezagruzka).

Manba: ITportal.Uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!