ByteDance kompaniyasi Spotify va Apple Music uchun yangi raqobatchi tayyorlamoqda

ByteDance kompaniyasi Spotify va Apple Music uchun yangi raqobatchi tayyorlamoqda

TikTok ijtimoiy tarmog'ining bosh kompaniyasi, ByteDance, may oyida AQSh Patent va Savdo belgilari idorasiga "TikTok Music" tovar belgisi uchun ariza topshirgan, deya xabar bermoqda Insider (The Verge orqali). Unga ko'ra, mazkur xizmat foydalanuvchilarga musiqalarni sotib olish, tinlash, ulashish, yuklab olish, shuningdek, pleylistlar yaratish, ularni ulashish va tavsiya qilish, musiqalarga izoh qoldirish va shu bilan birga, audio va videolarni jonli strim qilish imkonini beradi.

ByteDance musiqa striminggi bo'yicha yetarli tajribaga ega. Kompaniya 2020-yilda Resso nomli musiqa striming xizmatini Hindiston, Brazilya va Indoneziyada ishga tushirgan va u allaqachon 40 milliondan ortiq oylik aktiv foydalanuvchilarga ega. Buncha ko'p foydalanuvchilar ByteDance'ning TikTok ijtimoiy tarmog'idan jalb qilingan bo'lishi ham mumkin. The Information xabarlariga ko'ra, Brazilyadagi TikTok ilovasida foydalanuvchilar videolardagi qo'shiqlarning to'liq versiyasini eshitishlari uchun Resso'ga yo'naltiradigan tugma bor, bu esa ByteDance'ga o'z foydalanuvchilarini o'z ekotizimida saqlash imkonini beradi.

O'QING: Google Play logotipi yangilanmoqda