Byudjet model Galaxy smartfoniga yangilanish kelishni boshladi

Byudjet model Galaxy smartfoniga yangilanish kelishni boshladi

Ko‘plab Samsung qurilmalari allaqachon iyul oyi xavfsizlik yangilanishini qabul qilib bo‘lgan bo‘lsa, Galaxy J8 smartfoniga iyun oyi yangilanishi endi kela boshladi.

O‘QING: Ommabop bo‘lgan Samsung Galaxy smartfonining yangilangan versiyasi chiqmoqda

Biroq mazkur o‘rta toifa smartfon 2018 yilda — bundan uch yil oldin chiqqan bo‘lib, Samsung uni hali ham bir necha oyda bir yangilab turgani quvonarli hol.

Galaxy J8 Kavkaz davlatlari, Qozog‘iston va Ukrainada yangilanishni qabul qila boshladi. Yangilanish modeli J810FJXU5CUF2 bo‘lib, uning tarkibiga 2021 yil iyun oyi xavfsizlik patchi kiritilgan. Xavfsizlik yangilanishi hujjatlarida Samsung 2021 yil iyun oyi patchi ellikka yaqin zaifliklarni bartaraf etishini ko‘rsatgan. Ushbu apdeyt qurilmaga hech qanday interfeys yangilanishi yoki yangi funksiyalarni taqdim qilmaydi.

Agar siz ham yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlarda Galaxy J8 ishlatsangiz, yangilanish haqida bildirishnoma qabul qilgan bo‘lsangiz kerak. Agar hali bildirishnoma kelmagan bo‘lsa, Parametrlar > Dastur yangilanishi oynasiga o‘tib apdeytni qo‘lda tekshirishingiz mumkin. Yoki yangilanishni mana bu havola orqali yuklab olish imkoni ham mavjud.

Ma’lumot uchun, Galaxy J8 smartfoni 2018 yil may oyida Android 8.0 Oreo tizimida taqdim qilingan. Qurilma 2019 yilning o‘rtalarida Android 9'ga, 2020 yil o‘rtalarida esa Android 10 bazasidagi One UI 2 qobig‘iga o‘tgan.

O‘QING: Navbatdagi Galaxy smartfoniga dastur yangilanishi kela boshladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!