Byudjet sinfiga kiruvchi Galaxy smartfoni Android 11 operatsion tizimiga o‘tmoqda

Byudjet sinfiga kiruvchi Galaxy smartfoni Android 11 operatsion tizimiga o‘tmoqda

Samsung kompaniyasining Galaxy A seriyasiga mansub bo‘lgan A10s smartfoni Android 11 tizimini qabul qilishga tayyor.

O‘QING: Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

Taqdim etilgan vaqt smartfon Android 9 tizimida ishlar edi. O‘tgan yilning aprel oyida esa Galaxy A10s Android 10 tizimiga o‘tgan edi. Endi esa Samsung smartfonga Android 11 yangilanishni ham jo‘natmoqda.

Tizim yangilanish model raqami A107FXXU8CUG1 bo‘lib, u eng so‘nngi havfsizlik patchiga ham ega bo‘ladi.

Hozirda Malayziya va Vetnamdagi foydalanuvchilar smartfonlariga tizim yangilanishi kelganligi haqida ma’lumot berishmoqda. Tez orada Samsung boshqa hududagi A10s smartfonlariga ham tizim yangilanishini jo‘natishni boshlaydi.

O‘QING: «Alvido, APK!» – Android-dasturlar endi yangi formatda bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!