Call of Duty: Mobile bir yilda qancha pul ishlab olganini bilasizmi? (+video)

  •   DiMaX
  •  2283
  •  05.10.2020 15:03

Call of Duty: Mobile bir yilda qancha pul ishlab olganini bilasizmi? (+video)

Geymerlarga juda manzur bo‘lgan Call of Duty o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan versiyasi 2019 yilning 1 oktyabrida taqdim etilgan edi. Sensor Tower kompaniyasi shu o‘tgan bir yil mobaynida Call of Duty: Mobile erishgan natijalar bo‘yicha ma’lumotni e’lon qildi.

O‘QING: Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

Mazkur mobil shuter chiqqach, birinchi haftadayoq uni 100 million martadan oshiq yuklab olishgan. Birinchi oyda bu ko‘rsatkich 148 million martaga, ikkinchi oyda esa 172 million martaga yetgan.

Hisobotga ko‘ra, Call of Duty: Mobile namoyishidan beri o‘tgan bir yil davomida geymerlar unga 480 million dollarga yaqin pul sarflashgan. Uning daromad keltirishi 2020 yilning ikkinchi choragiga to‘g‘ri kelgan – ayni shu vaqtda koronavirus pandemiyasi tufayli G‘arbda karantin choralari kuchaytirilgan edi.

O‘QING: Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda

Sensor Tower tahliliga ko‘ra, Call of Duty: Mobile o‘yini AQSh bozorida daromad keltirishi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagan. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni esa tegishlicha PUBG Mobile hamda Fortnite Mobile band etgan.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Call of Duty: Mobile o‘yiniga aynan AQShlik geymerlar eng ko‘p – deyarli 215 million dollar sarflashgan. Undan keyingi o‘rinlarni esa tegishlicha Yaponiya va Germaniya o‘yinchilari egallab turibdi.

Yuklab olishlar statistikasiga keladigan bo‘lsa, Call of Duty: Mobile hozirgacha 270 million martacha o‘rnatib olingan. Yuklashlarning asosiy qismi ham AQShlik geymerlarga to‘g‘ri keladi. Braziliya o‘yinchilari bu borada ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, keyingi o‘rinda Hindiston mobil geymerlari turibdi.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!