Call of Duty: MW II yangi tizeri chiqarildi

Call of Duty: MW II yangi tizeri chiqarildi

Bir necha hafta oldin Call of Duty: Modern Warfare II'ning aniq chiqarilish sanasini ma'lum qilganidan keyin, Activision Blizzard o'yinning yangi tizer-treylerini chiqardi va uni 8-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da butun dunyo uchun taqdim qilishini e'lon qildi.

2019-yili chiqarilgan COD: Modern Warfare'ning davomi ekanligi aytilayotgan o'yin 28-oktabr kuni o'yin platformalariga chiqarilishi allaqachon xabar qilindi. Shuningdek, Activision o'yin qahramonlarini ham oshkor qildi. Ma'lum bo'lishicha, yangi o'yinga Task Force 141 jamoasi: kapitan Jon Prays, serjant Kayl "Gaz" Garrik, Serjant "Soap" MacTavish, yolg'iz bo'ri laqabini olgan Saymon "Ghost" Rayli va Meksika maxsus kuchlari koloneli Alexandro Vargas qaytadilar.

Global taqdimot o'yin haqida yanada ko'p ma'lumotlarni ochib beradi va biz o'yin jarayonini ko'rishga ham muvaffaq bo'lishimiz mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, COD: MW II kompyuterlar uchun nafaqat Battle.net platformasiga, balki, Steam o'yinlar do'koniga ham chiqarilishi mumkin.

O'QING: Windows kompyuteringiz uchun eng zo'r dasturlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.