Call of Duty navbatdagi rekordni "urdi"!

Call of Duty navbatdagi rekordni

O‘tgan oyning 28 sanasida Activision o‘zining Call of Duty franshizasidagi yangi Modern Warfare II o‘yinini chiqardi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya o‘yin chiqarilishi bilan uch kun ichida (oldindan buyurtmalar bilan) 800 million dollar daromad olgan.

Bu Call of Duty tarixidagi sotuvlar hajmi bo‘yicha eng katta natija bo‘lib, bundan avvalgi rekord – 775 million dollar 2011 yilda chiqarilgan Call of Duty: Modern Warfare 3 tomonidan besh kun ichida o‘rnatilgan edi.

Ushbu summani o‘yin olamidan tashqariga, masalan, filmlarga qo‘yadigan bo‘lsak, Marvel'ning "Qasoskorlar: Intiho" filmi 337 million dollar bilan tarixdagi eng katta ochilishlardan birini qayd etgan.

Ta’kidlash joizki, Call of Duty: Modern Warfare o‘yinini narxi Steam o‘yinlar do‘konida 69.99 dollar turadi.

O‘QING: Tadqiqotlar Call of Duty o‘yinlari muxlislari misogoniya kabi jamiyatga zid hatti-harakatlarga moyil bo‘lishini ko‘rsatdi

 
 
 
 
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.