Call of Duty turkumidagi eng yangi o‘yinni taqdimotdan avval sinab ko‘ring! (BEPUL o‘ynash grafigi va treyleri)

  •   DiMaX
  •  1632
  •  08.10.2020 15:54

Call of Duty turkumidagi eng yangi o‘yinni taqdimotdan avval sinab ko‘ring! (BEPUL o‘ynash grafigi va treyleri)

Esingizda bo‘lsa, 18–20 sentyabr kunlari PlayStation 4 pristavkalari egalari uchun Call of Duty: Black Ops Cold War o‘yinining ochiq alfa-testi bo‘lib o‘tgan edi. Activision kompaniyasi endi uning beta-testini e’lon qildi va bu gal turli konsollardan tashqari, kompyuterda ham bepul o‘ynash mumkin.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

O‘yinsoz ushbu ochiq beta-sinovga bag‘ishlab Call of Duty: Black Ops Cold War o‘yinining maxsus treylerini e’lon qildi:

Bepul beta-test paytida geymerlar asosiy rejimlar, shu jumladan «O‘limgacha jang» va «Ustunlik qilish» rejimlaridan tashqari, yangi – «VIP Escort» hamda «Combined Arms» rejimlarida ham o‘ynay oladilar.

O‘QING: Siz sevgan Need for Speed yangi qiyofada qaytdi! (+rasmiy treyler)

Aytish kerakki, Call of Duty: Black Ops Cold War uchun oldindan buyurtma bergan PlayStation 4 egalari uni birinchilar qatorida – bugun, ya’ni 8 oktyabrdan sinab ko‘rishlari mumkin. Bepul beta-sinovning umumiy grafigi quyidagicha:

8–9 oktyabr: PS4 hamda PS5 versiyalari uchun avvaldan buyurtma berganlar;

10–12 oktyabr: barcha PS4 foydalanuvchilari;

15–16 oktyabr: kompyuter, Xbox One va Xbox Series talqinlari uchun oldindan buyurtma qilganlar;

1719 oktyabr: barcha platformalar uchun ochiq beta-testlar.

Demak, hali rasman taqdim etilmagan o‘yinni hammadan oldin, ushbu grafik bo‘yicha tegishli kunlarda BEPUL o‘ynab ko‘rishingiz mumkin. Mazkur xushxabarni boshqa geymer do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!