Call of Duty: Warzone 2 va Modern Warfare (2019) ning davomi rasman shu yili chiqariladi!

Call of Duty: Warzone 2 va Modern Warfare (2019) ning davomi rasman shu yili chiqariladi!

Call of Duty o‘zining rasmiy blogida bu yilning o‘yini 2019-yilda 30 milliondan ortiq sotilgan Modern Warfare davomi bo‘lishini rasman tasdiqladi. O‘yin kompaniya bir necha yillardan beri ustida ishlab kelayotgan mutlaqo yangi mexanizmga asoslangan bo‘ladi. 

Shuningdek, bepul va ko‘pchilik bilan o‘ynaladigan Call of Duty: Warzone onlayn o‘yining ham ikkinchisi chiqarilishi ma’lum qilingan va u ham MW 2 kabi to‘liq yangi mexanizmda ishlaydigan bo‘ladi. Blogda aytilishicha Warzone 2 o‘yini katta evolyusion o‘zgarishlarni va yangi o‘yin maydonlarini o‘z ichiga oladi. 

Ikkala o‘yinning ishlab chiqarilishiga Infinity Ward bosh-qosh bo‘ladi. O‘yinlarning chiqarilishi sanasi aniq emas, lekin katta ehtimol bilan ular shu yilning kuz faslida chiqadi. 

O‘QING: YouTube NFT orqali monetizatsiya qilish va metaolamga kirishni rejalashtirmoqda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!