Call of Duty: Warzone Mobile qachon chiqarilishi rasman ma'lum qilindi

Call of Duty: Warzone Mobile qachon chiqarilishi rasman ma'lum qilindi

Bo'lib o'tgan Call of Duty: Next taqdimotida Activision bo'lajak Call of Duty o'yinlari haqida qo'shimcha ma'lumotlarni ulashdi. Bular Call of Duty: Modern Warfare II, Warzone 2.0 va Warzone Mobile o'yinlarini o'z ichiga oladi.

Eng birinchi kompyuter va boshqa konsollar uchun oktabr oyining 28-sanasida chiqarilishi kutilayotgan Call of Duty: Modern Warfare II haqida gapiradigan bo'lsak, o'yin Call of Duty uchun yangi davrni boshlab beradi. Tadbir davomida o'yinning multipleyeri haqida biroz qo'shimcha ma'lumotlar ulashilidi. O'zgarishlarning eng e'tiborlisi, endi o'yinni 3 ga 3 tarzda o'ynash mumkin bo'ladi.

Call of Duty: Warzone bepul onlayn shuterining yangi, Warzone 2.0 versiyasi ham 16-noyabrdan konsollar va kompyuterlar uchun chiqarilishi e'lon qilindi. Ma'lum bo'lishicha, unda xarita Al-Mazra deb nomlangan cho'lda joylashgan bo'ladi va o'yinga sun'iy intellektga asoslangan raqiblar mavjud. O'yin COD: MW II dvigateliga asoslangan holda yaratilgan. 

Shuningdek, Activision rasman Call of Duty: Warzone Mobile mobil o'yini Android va iOS qurilmalari uchun 2023-yilda chiqarilishini ma'lum qildi (aniq sanasi hozircha noma'lum). O'yin uchun Android qurilmalarda oldindan ro'yxatdan o'tish boshlangan. Qirollik-janggi janridagi o'yinni 120 tagacha bo'lgan o'yinchilar real vaqtda o'ynashlari mumkin. Garchi o'yin o'ynash uchun bepul bo'lsa ham, unda Battle Pass pullik obunalari mavjud bo'ladi. Qolaversa, o'yinda mobil qurilmalarga xos tadbirlar, pleylistlar va kontentlar bo'lishi aytilmoqda.

O'QING: Odamlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashmoqda?