Call of Duty'ning Android talqini chiqdi

Call of Duty'ning Android talqini chiqdi

Oxirgi bir necha yil ichida, Fortnite va PUBG kabi birinchi shaxs otishma va jang o‘yinlari keng ommalashib ketdi. Hattoki, aynan o‘yinlarga ixtisoslashgan smartfon modellari (masalan, Asus ROG II, Razer Phone 2 va Black Shark 2 Pro'lar) ham yaratildi.

Eng taniqli FPS (birinchi shaxs otishma) franshizalardan biri Call of Duty ham butun dunyodagi Android foydalanuvchilari uchun smartfonda o‘ynasa bo‘ladigan ilk o‘yni: Call of Duty: Mobile'ni taqdim etdi. Call of Duty: Mobile'ni yaratish uchun Tencent Games va Activisation'lar hamkorlikda ishladi.

O‘yinda klassik xaritalar va bir necha o‘yinchili rejimlar, jumladan, Free-For-All, Team Deathmatch, Frontline, Hardpoint, Domination va Battle Royale kabilar mavjud. Call of Duty o‘yinlarini o‘ynaganlarning ko‘pi o‘yinlardagi turli xaritalar, o‘yinchilar va qurollardan yaxshi xabardor. O‘yinning Android talqinini yaratishda radikal o‘zgarishlardan qochilganligi uni mobil qurilmada o‘ynashda hech qanday qiyinchiliklar yuzaga kelmasligini ta’minlaydi; PUBG Mobile ishqibozlari ham Call of Duty: Mobile'ga o‘tsa ham ajab emas.

Endi o‘yinni Android uchun Google Play Store'dan yuklab olishingiz mumkin. Faqat o‘yin amaliyoti "silliq" kechishi uchun smartfoningiz chipi yetarlicha kuchli bo‘lishi kerak. Qurilmangiz operativ xotirasi kamida 2GB bo‘lishi, o‘yin to‘g‘ri ishlashi uchun esa doimiy xotirada 1.6GB lar atrofida bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Ilovada ichki xaridlar ham mavjud, lekin o‘yinning katta qismi bepul.

O‘QING: Eng muvaffaqiyatli o‘yinning uchinchi mavsumi 1 oktyabrda chiqadi! (+2ta video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.