Canalys: 3-chorakda planshet yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 15% ga kamaydi

Canalys: 3-chorakda planshet yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 15% ga kamaydi

O‘tgan yildagi keskin o‘sishdan so‘ng, iyul-sentyabr oylarida planshetlar yetkazib berish 2020-yilning uchinchi choragiga nisbatan 15% ga kamaydi. Canalys ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning uchinchi choragida jami 37.7 million planshet yetkazib berilgan bo‘lsa, bir yil avval bu ko‘rsatkich 44.3 million donani tashkil etgan edi. 

O‘QING: Canalys: Smartfon yetkazib berish bo‘yicha 3-chorakda Samsung yetakchi bo‘ldi 

Apple bu davrda 15.2 million palnshet yetkazib berib, 40.4% bozor ulushi bilan hali ham yetakchi bo‘lib turibdi. Samsung 7.2 million planshet yetkazib bergan hamda 19.1% bozor ulushi bilan ikkinchi, Lenovo esa 4.3 million dona planshet yetkazib berib, bozorning 11.3% ulushi bilan uchinchi o‘ringa joylashgan. 

Amazon 2.8 million va Huawei 2.5 million planshet yetkazib berib, kuchli beshlikni yakunlab turibdi. Biroq har ikki kompaniyaning bozor ulushi har yili sezilarli darajada pasayib bormoqda. Amazon o‘z bozori ulushini 44,5% ni, Huawei esa 50,9% ni yo‘qotdi. 

Mintaqaga qarab, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan tashqari barcha asosiy hududlarda planshetlar yetkazib berish hajmida pasayish kuzatilgan. Osiyo-Tinch okeani hududida uchinchi chorakda planshet yetkazib berish hajmi 23% o‘sgani qayd etdildi, biroq Yevropada ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27% ga kamaygan. 

Canalys Osiyo-Tinch okeani hududidan tashqari ko‘pgina mintaqalarda planshetlarga talabning past bo‘lishini taxmin qilmoqda. 

O‘QING: Canalys: Kompyuter yetkazib berish 3-chorakda 5% ga oshdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!