Canalys: G‘arbiy Yevropaning shaxsiy kompyuterlar bozori 2021 yilning ikkinchi choragida 3 foizga o‘sdi

Canalys: G‘arbiy Yevropaning shaxsiy kompyuterlar bozori 2021 yilning ikkinchi choragida 3 foizga o‘sdi

Canalys'ning so‘nggi hisobotida G‘arbiy Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida texnologiyaga talab yuqori bo‘lishiga qaramay, shaxsiy kompyuterlar savdosi o‘sishi sekinlashgani ko‘rsatilgan.

O‘QING: Canalys: Ikkinchi chorakda global kompyuter bozori 13% ga o‘sdi. Qaysi kompaniyalar yetakchi bo‘ldi?

2021 yilning ikkinchi choragidagi kompyuterlar savdosi atigi 3 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, 2020 yilda ushbu ko‘rsatkich 39 fozini tashkil qilgan edi. Savdoning atigi 3 foizga oshganiga kompyuter qismlarini yetishmasligi sabab bo‘lgan.

G‘arbiy Yevropada 2021 yilning ikkinchi choragida kompyuterlar sotuvi 15 million donaga yetdi, ularning 4.1 million Lenovo qurilmalari bo‘lib, bozor ulushining 27 foizini tashkil qiladi. HP 3,7 million dona kompyuter sotib, 24 foizlik ulush bilan ikkinchi, Dell 14 foiz, Acer 10 foiz, Apple 9 foiz bozor ulushini tashkil qildi.

Canalys'ning ta’kidlashicha, Lenovo so‘nggi uch chorakda G‘arbiy Yevropa Ittifoqida sotuvlar bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Lenovo o‘z raqobatchilariga nisbatan qurilmalarni tezroq yetkazib bergan. Bozorda avval yetakchi bo‘lgan HP kompaniyasining savdolari unchalik yurishmadi.

Planshetlar masofaviy ishlash va o‘qish uchun shaxsiy kompyuterlarga arzonroq alternativ bo‘lib, texnik talablari minimal bo‘lgan ushbu qurilmalar asosan talabalar orasida ommabop hisoblanadi. Umumiy planshet yetkazib berish hajmi esa 18 foizga o‘sib, ulardan 7,9 million dona sotilgan.

2021 yil ikkinchi choragi uchun planshetlarni yetkazib berish borasida Apple va Lenovo kompaniyalari faol bo‘lishdi. Ularning har birining bozor ulushi 36 foiz va 20 foizni tashkil qildi. Apple M1 bilan ishlaydigan iPad Pro'ni sotuvga chiqargandan so‘ng, ularning savdosi keskin oshdi. Apple planshetlarini yetkazib berish hajmi 73 foizga oshdi. Lenovo kompaniyasining planshetlar savdo hajmi esa 87 foizga o‘sdi.

Ayni paytda, Samsung, Huawei va Amazon kompaniyalarning planshetlar yetkazib berish hajmi kamaygan.

O‘QING: Canalys kompyuter va planshetlarning birinchi chorakdagi sotuvlari haqida ma’lumot berdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!