Canalys: Ikkinchi chorakda global kompyuter bozori 13% ga o‘sdi. Qaysi kompaniyalar yetakchi bo‘ldi?

Canalys: Ikkinchi chorakda global kompyuter bozori 13% ga o‘sdi. Qaysi kompaniyalar yetakchi bo‘ldi?

Canalys tahlil kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot 2021 yilning ikkinchi choragidagi shaxsiy kompyuterlar global savdosini tahlil qildi. Ushbu toifa qurilmalar qatoriga desktop kompyuterlar, jumladan, monobloklar, kompyuter korpuslari, leptoplar va Chromebook'lar kiritilgan.

O‘QING: 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan noutbuk narxlari bilan tanishamiz

Kuchli tijoriy segment sabab kompyuterlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘ldi. Komponentlar ta’minotidagi muammolar hali ham sanoat oldidagi muammo bo‘lib qolmoqda, biroq kamchilik va kechikishlar ko‘lami kamaymoqda.

Shaxsiy kompyuterlar bozorida 2021 moliya yilining ikkinchi choragida yillik 13% o‘sish kuzatildi. Jami 82,3 million qurilma yetkazib berilgani taxmin qilinmoqda. 20 million kompyuter yetkazib bergan Lenovo chorak yetakchisi bo‘ldi. Kompaniya o‘tgan yilning mos davrida 17,4 million qurilma yetkazib bergan edi. Shunday qilib, Lenovo'ning yillik o‘sish ko‘rsatkichi 14,7%, bozor ulushi esa 24,3% bo‘ldi. 22,6% ulush bilan HP ikkinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya chorak ichi 18,6 million kompyuter sotib, yillik 2,8% o‘sish ko‘rsatkichini qayd etgan.

Uchinchi o‘rinda esa 17% lik ulush va yetkazib berilgan 13,9 million kompyuter bilan Dell turibdi. Apple esa 6,4 million qurilma sotib, 7,8% ulushga ega bo‘ldi. Acer 7,3% ulush bilan kupertinoliklardan keyingi o‘rinni band etdi. Qolgan ishlab chiqaruvchilar esa 17,3 million kompyuter sotib, bozorning 21% ini egalladi.

Ushbu o‘sish, asosan, bizneslarning qayta tiklanishi bilan yuzaga kelgan tijoriy sotuv kanallari sabab amalga oshgan. Istiqbolga nazar tashlasak, sanoatda iste’mol savdosi sekinlashishi, tijoriy sotuvlar esa ortishini kutish mumkin.

Apple'ning M1 kompyuterlari bozorga chiqishda davom etishi bilan kompyuter bozori kelasi yilga qadar o‘sishda davom etishini kutish mumkin. ChromeOS, macOS va Windows 11 tizimlaridagi dastur yangilanishi ham sotuvlar oshishiga olib kelishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!